Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Yer tabiiy resurs, umummilliy boylik sifatida jamiyat hayotida uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi yo‘lida siyosiy, huquqiy jihatdan kelajakda yerdan foydalanish istiqbollari hisobga olingan holda takomillashuvi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, yer resurslaridan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash, yer resurslarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini ro‘lini oshirish kabi masalalar sohaga raqamli axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bilan xal etilmoqda.